Turkmaniston ayollari

Turkmanistonda ayollar mamlakat aholisining 50,8 foizini tashkil qiladi.[1] Ular, odatda, jamiyatda oʻz rollariga ega va erkaklarnikiga nisbatan ularning huquqlarni qisqartirilgan. Mamlakatda ayollar huquqlarini oʻrganish hukumat senzurasi, ishonchli va rasmiy maʼlumotlarning yoʻqligi tufayli qiyinlashmoqda.

Turkmaniston Konstitutsiyasining 18-moddasiga koʻra, ayollarga erkaklar bilan teng huquqlar kafolatlangan.[2] Amalda esa ular muntazam siyosiy va ijtimoiy kamsitishlarga duch kelishadi. Ayollarga mustaqil xotin-qizlar tashkilotlarini tuzishga ruxsat berilmaydi va bunday tashkilotlarning barchasi Turkmaniston xotin-qizlar ittifoqi huzurida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.[3] Ular mamlakat parlamentining 16,8 foizini tashkil qiladi. Aksariyat ayollar uyda onalar va uy bekasi yoki bozorlarda sotuvchi sifatida ishlaydi.[4] Mamlakatning islomiy ildizlari bir necha asrlik boʻlsa-da, turkman ayollari hech qachon yuzini niqob toʻsmagan va bunga urgʻu berilmagan. Turkman ayollari qoʻshni mamlakatlardagi ayollarga qaraganda hamisha ochiq-oydin va ijtimoiy faolroq boʻlgan.

  1. Index Mundi. „Turkmenistan Demographics Profile 2014.“ 30 June 2015. Index Mundi. Web. 30 October 2015.
  2. „Constitution of Turkmenistan“. www.uta.edu. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. „NHC: Women second-class citizens in Turkmenistan“ (en-US). Human Rights House Foundation (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  4. „Turkmenistan: For Women, Mostly Traditional And Difficult Lives“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search